Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlarida joriy yilning 16-19 iyunь kunlari sayyor qabullar bo'lib o'tdi.
Vazirlik va Qo'mitalarning mas'ul xodimlari tomonidan fuqarolar uchun o'tkazilgan sayyor qabulda aholining ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog'liq murojaatlarini O'zbekiston Respublikasi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari polkovnik H.Maxsumov, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari podpolkovnik Sh.Xodjayev Vazirlik huzuridagi tergov departamenti surishtiruv ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo'limi boshlig'i mayor R.Bozorov va Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov va uning o'rinbosarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari batafsil o'rganishdi.
O'tkazilgan sayyor qabullar davomida fuqarolardan 86 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lsa shulardan 32 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha tekshiruv va o'rganishlarni talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Tadbirlarda 16 yoshga to'lgan yoshlarga dastlabki fuqarolik pasportlari topshirildi.
Bundan tashqari sayyor qabul doirasida Mo'ynoq tumanida tumanining 3 sektor hududida istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga ijtimoiy yordamlar berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati