17 Iyun 2025 yil 545

Qidiruvda bo‘lgan shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul post xizmati va Nukus shahri IIO JMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida ushlandi

Joriy yilning 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi "v" bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Nukus shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan M.J. ismli shaxs joriy yilning 16 iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul post xizmati va Nukus shahar IIO JMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida ushlanib, Toshkent viloyati Chirchiq shahar IIO JMBning vaqtincha saqlash xonasiga joylashtirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech