Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hibsxonasi xodimlari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasining 2016 yildagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati
to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga
oshirish dasturi hamda 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili”
munosabati bilan xizmat qilayotgan yosh xodimlarning bilim saviyasi,
intellektual salohiyati, ko‘nikma va malakalarini yana-da oshirish hamda
dunyoqarashini kengaytirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan,
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va
O‘zbekiston Yoshlar agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limlari
tomonidan xodimlar o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada jami 4 ta jamoa ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan
jamoalar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi