2020 yil yakuniga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi
Joriy yilning 18 yanvarь kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Ichki ishlar organlari tomonidan 2020 yilning 12 oyi davomida amalga oshirgan ishlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va kelgusi vazifalarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
O'tkazilgan mazkur yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining barcha o'rinbosarlari, sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar bo'limlarining boshliqlari ishtirok etdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov yig'ilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o'tdi. Shundan so'ng, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik R.Xatamov so'zga chiqib, Bugungi kunda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmat faoliyatini olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida aytib jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar haqida aytib o'tdi.
Yig'ilish davomida, 2021 yil 15 yanvarь kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi boshlig'i mayor I.Yuldashevga shu tumanda istiqomat qiluvchi M.X murojaat qilib, biometrik pasport oladigan tanishlariga navbatsiz tez orada rasmiylashtirib berish evaziga har bir shaxsdan 100 ming so'm pullarni pora tariqasida taklif qilayotganligini o'z vaqtida rahbariyatga ma'lum qilib ichki ishlar organi xodimi degan yuksak nomga loyiq harakat qilganligi uchun Beruniy tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi boshlig'i mayor I.Yuldashevga pul mukofoti va uning ota-onalariga O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.
Yig'ilish davomida, kun tartibidagi masala yuzasidan ma'ruza qilgan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari polkovnik B.Rajabov so'zga chiqib, 2020 yil davomida, Qoraqalpog'iston Respublikasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan erishilgan yutuq va yo'l qo'yilgan kamchiliklar aniq misollar bilan yoritib berdi.
Shuningdek, mas'ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, muhokama natijalariga ko'ra xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo'l qo'yib kelgan bir qator rahbar va xodimlarga, nisbatan tegishli intizomiy choralar qo'llanildi.
Shu bilan birga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni hamda qonun buzilishini oldini olishda xizmat vazifasiga vijdonan va sidqidildan yondashib, boshqalarga o'rnak bo'la olgan xodimlar munosib rag'batlantirildi.
Yig'ilish so'ngida xodimlar zimmasiga aniq vazifalar qo'yilib, tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.