28 Yanvar 2022 yil 815

2021 yil yakuniga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

Joriy yilning 28-yanvar kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Ichki ishlar organlari tomonidan 2021-yilning 12 oyi davomida amalga oshirgan ishlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va oldagi vazifalarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Videoselektor tarzida o'tkazilgan yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining barcha o'rinbosarlari, sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar bo'limlarining boshliqlari ishtirok etdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov yig'ilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o'tdi hamda bugingi kunda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmat faoliyatini olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hakida aytib jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar haqida aytib o'tdi.
Yig'ilish davomida, kun tartibidagi masala yuzasidan ma'ruza qilgan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari polkovnik B.Rajapov 2021-yil davomida, Qoraqalpog'iston Respublikasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan erishilgan yutuq va yo'l qo'yilgan kamchiliklar aniq misolar bilan yoritib berdi.
Shuningdek, mas'ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, muhokama natijalariga ko'ra xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo'l qo'yib kelgan bir qator rahbar va xodimlarga, nisbatan tegishli intizomiy choralar qo'llanildi.
Shu bilan birga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni hamda qonun buzilishini oldini olishda xizmat vazifasiga vijdonan va sidqidildan yondashish lozimligi bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Yig'ilish so'ngida xodimlar zimmasiga aniq vazifalar qo'yilib, tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

 

 

Text to speech