2021 yilning olti oy yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 31 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Ichki ishlar organlari tomonidan 2021 yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va oldagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarining boshliqlari ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov yig‘ilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng, Ўзбекистон Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor A.Ikramov so‘zga chiqib, Bugingi kunda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmat faoliyatini olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hakida aytib jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida aytib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida, kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qilgan, Қорақалпоғистон Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Rajapov so‘zga chiqib, 2021 yilning olti oyi davomida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniq misollar bilan yoritib berdi. Shuningdek, mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, muhokama natijalariga ko‘ra xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelgan bir qator rahbar va xodimlarga, nisbatan tegishli intizomiy choralar qo‘llanildi.
Shu bilan birga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni hamda qonun buzilishini oldini olishda xizmat vazifasiga vijdonan va sidqidildan yondashib, boshqalarga o‘rnak bo‘la olgan xodimlar munosib rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish so‘ngida xodimlar zimmasiga aniq vazifalar qo‘yilib, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.