O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini 2022-2024 yillarda tamomlagan yosh mutaxassislar bilan uchrashuv yig‘ilish tashkil etildi
2025 yilning 26 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy mintaqasi (Beruniy, To‘rtko‘l, Amudaryo, Ellikkalʼa) tuman IIB larida faoliyat olib borayotgan, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini 2022-2024 yillarda tamomlagan yosh mutaxassislar bilan uchrashuv yig‘ilish tashkil etildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 7 noyabrdagi 627-son buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi dotsenti, podpolkovnik A. A. Tashtemirov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik va Qoraqalpog‘iston IIVgi kadrlar bilan taʼminlash xizmati katta inspektori leytenant A.E.Atamuratovlar tomonidan amalga oshirildi. Yig‘ilishda yosh mutaxassislarning fikrlari asosida IIO uchun zamonaviy professional kadrlarni tayyorlash hamda Akademiyada taʼlim jarayonini yana-da takomillashtirishga oid taklif va mulohazalar shakllantirildi.