Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxamedov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovlar ishtirokida yil yakuni – 2024 yil sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Mazkur yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman va shahar ichki ishlar
organlari boshliqlari hamda barcha shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining
1-o‘rinbosari polkovnik Jasur Atayev tomonidan 2024 yil
davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt
oldini olish, sodir bo‘lgan jinoyatlarni issiq izida fosh etish, jamoat tartibi
va fuqarolar xavfsizligi hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida
amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan batafsil
Axborot berildi.
2024 yil davomida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda
o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi xususida sohaviy xizmat
rahbarlari, tuman (shahar) IIB boshliqlari va boshqa masʼullarning ham
hisobotlari tinglandi.
Hisobotlar tinglanib, muhokama natijalariga ko‘ra xizmat vazifalarini
bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelgan ayrim rahbar va xodimlarga
nisbatan tegishli taʼsir choralari qo‘llanildi.
Shundan so‘ng 2025 yilda – Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikning
barvaqt oldini olishga qaratilgan yangi loyihalar, kuch vositalar,
moddiy-texnik bazani yaxshilash bo‘yicha qilingan takliflar muhokama qilindi.
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari bildirilgan taklif hamda mulohazalarga
nisbatan o‘zining tavsiyalarini berib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kerakli
xulosa chiqarib, berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarish, fuqarolar
xavfsizligi hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha
topshiriqlar berdi.
Birinchi navbatda har bir ichki ishlar organi xodimining o‘zi xizmat
intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilishi, xizmat vazifasiga vijdonan
yondashishi, asosiysi vatanga, xizmatga va
xalqiga sadoqatli bo‘lishi
lozimligini yana bir bor taʼkidlab o‘tdi.
Vazir o‘rinbosari, yuqori va quyi tizim rahbarlariga, xodimlarning oilaviy
sharoiti va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yosh kadrlarni
tarbiyalashda ustoz-murabbiy anʼanalarini yana-da keng tatbiq etishga alohida
eʼtibor qaratish zarurligini bildirdi.
2025 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichki ishlar organlari tomonidan
amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ishlab chiqilgan tashkiliy
tadbirlar rejasi va yo‘l xaritalarini yana bir bor sinchkovlik bilan ko‘rib
chiqib, har bir yo‘nalish bo‘yicha barcha ustuvor vazifalarni belgilab olgan
holda ijroga qaratish lozimligi yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida 2024 yil davomida xizmatdoshlariga shaxsiy namuna
ko‘rsatib yuqori ko‘rsatgichlarga erishgan, maʼmuriy hududida huquqbuzarlik va
jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarda samarali
mehnat qilgan, sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va issiq izida fosh etish
borasida yuqori natijalarga erishgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari
va ularning ota-onalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
o‘rinbosarining faxriy yorlig‘i va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati