8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
2020 yil 05 dekabr kuni, Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali binosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik M.T.Raxmatullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi, Jo‘qorg‘i Kenges deputati K.Karimov hamda Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali rahbariyati ishtirokida, mazkur institut o‘qituvchi va talabalari o‘rtasida, 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbir jarayonida institutdagi “Yoshlar bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida, tadbir ishtirokchilari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, hozirgi kunda respublikamizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda qonunchilikka kiritilayotgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida o‘zlariga qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi