23 Dekabr 2023 yil 4931

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3-sektor boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Xo‘jayli tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi

Respublika 3 sektor boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvaridagi «Hududlarda kompleks ijtimoiy  rivojlanish bo‘yicha sektorlar ishlarini yana-da jadallashtirishga bog‘liq PQ-4102-sonli qarori talablarining ijrosini taʼminlash maqsadida 3-sektorga qarashli hududlarda xalq bilan uchrashuvlar o‘tkazildi hamda fuqarolarning murojaatlari qo‘rib chiqildi. Xo‘jayli tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning bandlik, fuqarolik pasportlarini olish, ichki yo‘llarni qayta taʼmirlash shuningdek fuqarolarning ijtimoiy masalalari bo‘yicha murojaatlarini qabul qilishdi. Qabul davomida nazoratga olingan murojaatlar bo‘yicha korxona tashkilot rahbarlariga,shuningdek masʼul xodimlarga bildirilgan muammolarini ijobiy yechim topish bo‘yicha topshiriqlar berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech