18 Sentyabr 2020 yil 968

Sayyor qabullarda 49 murojaat joyida ijobiy hal etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o'rinbosari Alisher Usmonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joriy yilning  11-18 sentyabrь kunlari Respublikamizning shahar va tumanlarida sayyor qabullarni o'tkazishdi.Sayyor qabullarga hududiy vazirlik, idora rahbarlari va mas'ul xodimlari qatnashib sayyor qabullarga kelgan fuqarolarning murojaatlarini o'rganib chiqishdi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlariga o'tkazilgan qabullarda, jami 212ta murojaatlar kelib tushgan bo'lsa murojaatlarning 49tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish talab etiladigan 43 ta  murojaatlar ko'rib chiqish uchun   tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. 120 ta murojaat bo'yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.
To'rtko'l tumanida o'tkazilgan qabullar davomida tumanning “Oqboshli” ovul fuqarolar yig'inida yashovchi nogironligi bo'lgan  fuqaro X.Nuriyevning oilasi uy-joyga muhtojligi sababli, 3-sektor rahbari tashabbusi bilan homiylar yordamida yangi uy qurib berilgan X.Nuriyevning oilasi yangi xonadonga ko'chib o'tishi munosabati bilan vazirlik rahbariyati tomonidan 1 dona televizor va 1 dona gaz plitasi sovg'a qilindi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi  Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari va To'rtkul tumani ichki ishlar bo'limi rahbariyati  bilan birgalikda tumaning “Oqqamish” ovul fuqarolar yig'inida yashovchi kam ta'minlangan fuqaro D.Qurbanbayevga, 3 sektor rahbari tashabbusi bilan yangidan ta'mirlangan uyga ko'chib o'tishi munosabati bilan gilamlar va gaz plita sovg'a qilindi.
Sayyor qabullar doirasida, To'rtko'l tumanining 16 yoshga to'lgan 5 nafar yoshlarga dastlabki fuqarolik pasportlari topshirildi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati 
 
Text to speech