3 May 2023 yil
502
64-dona isitish uskunalarini o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat qo‘zg‘atildi
Joriy yilning aprel oyida Xo‘jayli tumanida yashovchi 1985 yil tug‘ilgan B.S ga tegishli ko‘rilishi bitmagan uyidan jami 4.500.000 so‘mlik 64 dona isitish uskunalarini nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Olib borilgan keng ko‘lamli operativ tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Xo‘jayli tumanida yashovchi 1996 yil tug‘ilgan S.J hamda 2005 yilda tug‘ilgan A.A ismli fuqarolar tomonidan o‘g‘irlaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasida Xo‘jayli tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-bo‘limi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati