8 May 2021 yil 971

9 may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan faxriylar va xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalaridan xabar olindi  

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yana-da yorqin namoyon bo‘ladi. Yoshlikning navqiron chog‘larini urush yillarida frontda va front ortida mehnat qilib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir. Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov va Ichki ishlar vazirining maslahatchisi nafaqadagi polkovnik O.Turdaqovlar ikkinchi jahon urishi mehnat fronti qatnashchilari, q.Seytakov, N.Taumuratov R.Samarkanova va Ichki ishlar faxriysi nafaqadagi general-mayor J.Shilmanovlar  xonadonlarida bo‘lib  ularning hol ahvollaridan xabar oldi ularga Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV birlashgan kasaba uyushmalari va vazirlik tomonidan tayyorlangan sovg‘alarni topshirishdi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ichki ishlar organlarida xizmat qilib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda  jasorat namunasini ko‘rsatgan xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan leytenantlar S.Ziyauov S.Ismailov va serjant A.Sultanovlarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning oila aʼzolari, farzandlari holidan xabar olinib, vazirlikning birlashgan kasaba uyushmasi va vazirlik tomonidan pul mukofotlari va bayram sovg‘alari topshirildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech