“Adabiyotimiz darg'alari” nomli ma'naviy-ma'rifiy va badiiy kecha bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan “Adabiyotimiz darg'alari” nomli ma'naviy-ma'rifiy va badiiy kecha bo'lib o'tdi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.B.Ahmedov, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'naviy-ma'rifiy markazi Nukus shahri bo'limi mutaxassisi I.Ametov va shoira G.Davletovalar litsey o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi jamoasi ishtirok etishdi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.B.Ahmedov so'zga chiqib, mamlakatimizda yosh avlodni ulug' ajdodlarimizning o'lmas merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilayotganligi, yoshlarning bu boradagi bilimini boyitish va rag'batlantirish maqsadida ko'rik-tanlovlar, ma'naviy-ma'rifiy o'tkazilayotganligi aytib o'tdi. Tadbir davomida shoira G.Davletova, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi va Qoraqalpoq akademik litseyi o'quvchilari tomonidan qoraqalpoq va o'zbek tillardagi ruboiy va g'azallaridan parchalar aytildi.
Shuningdek IIV Qoraqalpoq akademik litseyi va Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o'quvchilari tomonidan Navoiy va Bobur ijodiga taalluqli musiqali sahna ko'rinishi namoyish etildi.
Tadbir yakunida bosqichida faol ishtirok etganlar o'quvchilar rahbariyat tomonidan taqdirlanishdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati