1 Oktyabr 2021 yil 132

Akademik litseyda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugun ustoz degan ulug‘ va sharafli nom egalari qadrlanadigan kun, shodiyonasi, bu buyuk zotlar borki ularning xizmat va mehnati samarasi ila yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, davlatimiz mustahkam, dunyo sahnida o‘z obro‘ va e’tiborga ega davlatlar qatorida. Ushbu ayyomda qadrdon maktabimiz, bizga harf o‘rgatgan, ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi ko‘z oldimizda gavdalanadi. Biz uchun ibrat maktabi va namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan aziz va mo‘tabar zotlar sha’niga eng go‘zal so‘zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
1 oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, uning o‘rinbosarlari, soha faxriylari, litseyning pedagog xodimlari va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so‘zga chiqib, Azal-azaldan xalqimiz yoshi ulug‘ nuroniylarni e’zozlab ularga katta ehtirom ila hurmat ko‘rsatib kelinganligini, ayniqsa, tabarruk insonlarning holidan xabar olish ularning og‘irini yengil  қилиш va nasihatlari-yu duolarini olish xalqimizga xos fazilat ekanligini ta’kidlab, ustozlarni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning buyruqlari bilan taqdirlangan soha faxriylariga va litsey jamoasiga mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Bayram tadbirida faxriylarga dasturxon yozilib bir piyola choy ustidagi maroqli suhbat bilan davom etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech