18 Yanvar 2021 yil
1199
Akademik litseyga tashrif.
Joriy yilning 18 yanvarь kuni, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik R.Xatamov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov va uning o'rinbosari polkovnik I.Axmedovlar, O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyiga tashrif buyurdi.Akademik litseyga tashrif davomida o'quvchi yoshlarga o'qish va dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek litseyning futbol, voleybol, shaxmat, va sport to'garaklari hamda axborot-resurs markaziga shug'ullanayotgan o'quvchi yoshlar bilan uchrashib ular bilan suhbatlashdi va ularga sport anjomlarini va kitoblarni sovg'a qilishdi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik R.Xatamov vazirlik malaka oshirish institutining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi filiali faoliyatida 2019/2020 yillarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, qilingan ishlarni ijobiy baholadi, shuningdek, hududlar o'rtasida tashkil etilgan filiallar orasida namunali filial bo'lish kerakligi yuzasidan o'z tavsiyalarini bildirdi. Shundan so'ng, litseyning anjumanlar zalida, litseyda tahsil olayotgan o'quvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik R.Xatamov Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan odilona siyosat yoshlarga qaratilgan e'tibor haqida aytib o'tib, yaratilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanib yoshlar yaxshi o'qib o'rganishlari lozimligini aytib o'tdi.
Tadbir davomida, fanlardan a'lo baholarga o'qiyotgan Respublika miqyosida o'tkazilayotgan ko'rik tanlov va musobaqalarda munosib ishtirok etib, faxrli o'rinlarni olayotgan o'quvlar va ularning ota-onalariga vazirlikning faxriy yorliq va tashakkurnomalari topshirildi.
Tadbir davomida, fanlardan a'lo baholarga o'qiyotgan Respublika miqyosida o'tkazilayotgan ko'rik tanlov va musobaqalarda munosib ishtirok etib, faxrli o'rinlarni olayotgan o'quvlar va ularning ota-onalariga vazirlikning faxriy yorliq va tashakkurnomalari topshirildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.