Akademik litsey o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘ining 2021 yil 12 mart kunidagi “Hududlardagi kriminogen vaziyati eng og‘ir bo‘lgan mahallalardagi sektor rahbarlari, mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari uchun “fuqarobay” ishlash metodikasini yaratish haqida”gi 12-son Farmoyishi asosida tashkil etilgan ishchi guruh 2021 yil 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyiga tashrif buyurdi. Mazkur ishchi guruh tashrifi O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Raimov Doniyor Isakovich rahbarligida amalga oshirilib, akademik litsey o‘quvchilari bilan uchrashuv, dars jarayoni va o‘rnatilgan kun tartibi, mavjud muammolar bo‘yicha o‘quvchilar bilan suhbat olib borildi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga xodimlar tomonidan batafsil maʼlumot olishdi. Shuningdek, bugungi kunda Ichki ishlar organlari faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar, oldimizga qo‘yilgan vazifalarga ham to‘xtalib, o‘quvchi yoshlarga zarur maslahatlar berib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tashrif yakunida ishchi guruh akademik litseyning Axborot-resurs markazi faoliyati, o‘quv adabiyotlari bilan taʼminlanganligi bilan tanishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.