Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Amudaryo tumani hokimi Sabir Xojametovlar ishtirokida tuman hududida yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi
Amudaryo tumani hududidagi Qilichboy ovul
fuqarolar yig‘inida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib
chiqish sabablariga oid majlis o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Sabir Xojametov, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tuman sektor rahbarlari, shuningdek,
mahalla va ovul fuqarolar yig‘ini yettiligi ishtirok etib, sodir etilgan og‘ir
jinoyatlar muhokama qilindi. Muhokamada so‘zga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
polkovnik B.Torebekov bugungi kunda respublika hududida yuz
berayotgan jinoyatlar asosan oilaviy janjallar oqibatida sodir bulayotgan
taʼkidlab o‘tdi. Yig‘ilish so‘ngida mahalla yettiligi va korxona tashkilotlarning javobgar
shaxslariga bunday jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan targ‘ibot
tashviqot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati