13 Mart 2021 yil 792

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan “Arsenal” tadbiri davomida fuqarolar tomonidan 14 ov qurollari ixtiyoriy ravishda topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus rejasiga asos, joriy yilning 5 martidan 15 mart kuniga qadar O‘q-otar qurollarni ishlatish yo‘li bilan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish, fuqarolarda noqonuniy ravishda saqlanayotgan o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni aniqlab olish maqsadida respublika miqyosida keng qamrovli “Arsenal” tadbirini o‘tkazilishi  belgilangan.
Tadbir davomida, Respublika bo‘yicha o‘qotar qurollarni saqlash qoidalarini buzganligi uchun 66 fuqarolarga maʼmuriy choralar ko‘rilgan. Shuningdek, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida fuqarolar tomonidan 14 dona noqonuniy ov-qurollari o‘z xohishi bilan hududiy Ichki ishlar bo‘limlariga topshirilgan.
Joriy yilning 9-mart kuni Nukus shahrida yashovchi 1942 yil tug‘ilgan fuqaro A.G. uyining omborxonasidan otasidan qolgan 12-kalibrli 2-stvolli av qurolini topib olib o‘z xohishi bilan, Nukus shahar ichki ishlar organlarini muvofiqlashtirish boshqarmasiga xabar bergan va ov quroli ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech