27 Avgust 2020 yil 962

“Arsenal” tadbiri o‘tkazilmoqda

Maʼlumki, 1 sentyabr Mustaqillik kuni mamlakatimiz tarixidagi eng ulug‘ va eng aziz bayramlardan sanaladi. Shu boisdan ham ushbu sana 29 yildan buyon ko‘tarinki ruhda belgilanib kelinadi. 
Garchi joriy yilda pandemiya tufayli bayramni shu tarzda nishonlash qoldirilgan bo‘lsa ham, ushbu sana munosabati bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 20-30 avgust kunlari oralig‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIO xodimlari tomonidan respublika miqyosida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda  saqlanayotgan o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni aniqlash bo‘yicha “Arsenal” tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ushbu kunga qadar ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqarolar orasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 8 ta fuqaro o‘qotar qurollarini IIO lariga topshirishiga erishildi.
Ayni kunda tadbirni o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

 

Text to speech