29 Dekabr 2021 yil 614

Arzonlashtirilgan bozor yarmarkasi tashkil etildi

Yangi yil bayrami arafasida barcha xonadonlarda dasturxonlarini nozi-ne’matlarga to‘ldirib, shodiyonani to‘kin-sochinlikda kutib olishadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida har bayram arafasida oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan, bugun ham bayram munosabat bilan xodimlarning bayram kunlarida kuchaytirilgan xizmat va navbatchilikda bo‘lishlari va ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida ana shunday yarmarka tashkil etildi. Yarmarkada xodimlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozor va do‘konlardagidan past narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yarmarkada mol va parranda go‘shti, meva, sabzavotlar, un, guruch, yog‘ va shu kabi 20ga yaqin mahsulotlarni xarid qilishdi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech