Bayrog'imiz qabul qilingan kunga bag'ishlanib tadbir bo'lib o'tdi
Ma'lumki, har bir xalqning nishonlari doimo buyuk va muqaddas hisoblanib kelingan. Sababi u xalqni ezgu yo'l va ma'lum bir g'oya ostida birlashtirgan.Ana shunday ezgu timsollarimiz qatorida O'zbekiston Respublikasi bayrog'ini ham keltirish mumkin. Ya'ni bundan 30 yil ilgari 18 noyabrь kuni Davlat bayrog'i to'g'risida Qonun qabul qilinib, har yili ushbu sana respublikamiz bo'ylab ko'tarinki ruhda nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda ham mazkur sana munosabati bilan respublikamiz bo'ylab turli bayram tadbirlari bo'lib o'tmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida bo'lib o'tdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek tadbirga O'zbekiston Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi bosh mutaxassisi N.Shinnazarov va O'zbekiston va Qoraqalpog'iston yozuvchilar uyushmasi a'zosi A.Qayipovlar so'zga chiqib davlat bayrog'ining mazmun–mohiyati haqida keng tushuncha berib o'tishdi.
Shuningdek, tadbir davomida, xodimlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida soha xodimlari uchun kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Unda xodimlarga Beruniy kitoblar dunyosi MChJ tomonidan o'zbek, qoraqalpoq va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblarni olish imkoniyati yaratilib berildi
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati