16 Iyun 2020 yil
1118
Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida sayyor qabul o'tkazishdi
Joriy yilning 16 iyunь kuni Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida o'tkazilgan o'tkazilgan sayyor qabulga Amudaryo, To'rtko'l Ellikqal'a va Beruniy tumanlari aholisi ishtirok etishdi.
Bevosita ochiq muloqot ruhida o'tkazilgan qabul jarayonida fuqarolardan 18 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lsa murojaatlarning 10 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish talab etiladigan 5 ta murojaatlar ko'rib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. 3 ta murojaat bo'yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarda asosan fuqarolik olish, biometrik pasport rasmiylashtirish, soha xodimlariga minnatdorchilik, ichki ishlar, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik masalalari ko'tarildi.
Tadbirda 8 nafar hududning 16 yoshga to'lgan yoshlarga dastlabki fuqarolik pasportlari topshirildi.
Sayyor qabul doirasida Beruniy tumani 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi nogironligi bo'lgan fuqaro G.Utemuratovaga nogironlik aravachasi topshirildi. Bundan tashqari hududda kam ta'minlangan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga zaruriy oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlari berildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati