1 Fevral 2021 yil
2529
«Biz giyohvandlikka qarshimiz» shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan joriy yilning 1 fevralь kunidan 1 mart kuniga qadar respublikamizda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligi deb e'lon qilindi.
Oylik doirasida Qoraqalpoq davlat universitetida talaba yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
«Biz giyohvandlikka qarshimiz» shiori ostida o'tkazilgan uchrashuvga, O'zbekiston Respublikasi IIV va Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV tegishli soha xodimlari va Nukus Imom-ishon Muhammad jome masjidi vakillari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Unda mutaxassislar tomonidan giyohvandlikka ruju qo'yishning ayanchli oqibatlari misollar bilan tushuntirib berildi. Uchrashuv davomida talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Uchrashuv yakunida, giyohvandlikka qarshi murosasizlik hissini yanada rivojlantirish maqsadida, IIV Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan, “O'zini yo'qotganlar” va “Biz OITSga qarshimiz, Sizchi ? ” nomli videofilьmlar namoyish etildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati