Bosh qomusimizning 29 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 8 dekabr kuni, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi kuni munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tadbir bo'lib o'tdi.
Bayram tadbirida dastlab, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari Davlat madhiyalari yangradi.
Tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, Asosiy qonunimiz o'zining tamoyillari va qoidalari bilan mamlakatimiz taqdiri, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda muhim hujjat ekanligini ta'kidlab, xodimlarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbirga, O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi direktorining o'rinbosari yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori podpolkovnik S.Allambergenov «Konstitutsiya kelajak garovi» nomli bayoniti bilan ishtirok etib Konstitutsiyamizning yaralish tarixi va hayotimizdagi tutgan o'rni haqida keng tushunchalar berib o'tdi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlari faxriysi iste'fodagi podpolkovnik O'zbekiston va Qoraqalpog'iston yozuvchilar uyushmasi a'zosi J.Uteniyazov so'zga chiqib, xodimlarni bayram bilan tabrikladi va o'z ijodidan tinchlik posbonlari va Konstitutsiyamizga bag'ishlangan sherlarini o'qib eshittirdi.
Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi ham tashkil etilib, xodimlarga o'zbek, qoraqalpoq va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblarni olish imkoniyati yaratilib berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati