22 Yanvar 2021 yil 1031

Burchiga sodiq profilaktika inspektori mukofotlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Xo‘jayli tumani IIB profilaktika katta inspektori D.Jakabayevga shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro O.S sodir etgan huquqbuzarligi bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni bosti-bosti qilish evaziga 300 ming so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Holat yuzasidan profilaktika katta inspektori D.Jakabayevga vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Mazkur bildirgiga asos, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, profilaktika katta inspektori D.Jakabayevning xizmat xonasida fuqaro O.S 300 ming so‘m pullarni pora tariqasida, profilaktika katta inspektori D.Jakabayevga berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Joriy yilning 22 yanvar kuni Xo‘jayli tumani ichki ishlar bo‘limida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov va uning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedovlar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha, o‘ziga yuklatilgan vazifalarini sidqidildan bajarib, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda fidokorona xizmat qilib, ichki ishlar organi xodimi degan yuksak nomga loyiq harakat qilganligi uchun profilaktika katta inspektori D.Jakabayevga pul mukofoti o‘ning ota-onasiga vazirlikning tashakkurnomasi tantanali ravishda topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech