19 Dekabr 2020 yil
993
Buxoro viloyatiga sayohat.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tashabbusi bilan tizimda uzoq yillar xizmat qilib hozirda iste'foda bo'lgan nuroniylar va bir guruh yosh xodimlarning joriy yilning 18 dekabrь kuni ko'hna Buxoro shahriga sayohati tashkillashtirildi. Dastlab, viloyatning Qorako'l tumanida joylashgan xalqaro matematiklar maktabida bo'lib yerda maktab o'quvchilarining erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishishdi. So'ng, Qadim Buxoro shahrida qo'nim topgan yetti buyuk avliyo – pirlar Xoja Abduholiq G'ijduvoniy, Xoja Orif Mohitobon Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag'naviy, Xoja Ali Rominatiy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Xoja Muhammad Bahouddin Naqshbandiy qabrlarini ziyorat qilishdi. Buxoro shahri bo'ylab sayohat yuqori malakali gidlar tomonidan tarixiy-madaniy obidalar, hamda so'nggi yillarda amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishtirdilar. Sayohatchilar istiqlol yillarida mamlakatimizda olib borilgan bunyodkorlik ishlariga obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish natijasida Buxoro yanada go'zal shaharlarga aylanganligini shohidi bo'lishdi. Tarixiy shaharlardan biri Buxoro o'tgan yillar davomida misli ko'rilmagan darajada obodonlashib, nafaqat respublikamiz, balki butun dunyoning e'tiborini tortmoqda. Sayohatchilarda Buxoro shahridagi qadimiy tarixiy va madaniy obidalar, amalga oshirilgan islohotlar katta taassurot uyg'otdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan qilinayotgan bu kabi sayohatlardan sayohatchilarning kayfiyatlari chog'. Ular ushbu sayohatni tashkillashtirgan vazirlik rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini izhor etdilar.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan qilinayotgan bu kabi sayohatlardan sayohatchilarning kayfiyatlari chog'. Ular ushbu sayohatni tashkillashtirgan vazirlik rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini izhor etdilar.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.