30 Dekabr 2020 yil
1089
Davlat mukofotlari o'z egalariga topshirildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yillik bayrami arafasida yurtimiz mustaqilligini mustahkamlashga va uni rivojlantirishga qo'shgan munosib hissasi, jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining qarori bilan respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan bir qator mehnat ilg'orlari faxriy unvonlar bilan mukofotlangan edi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida 26 dekabrь kuni ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo'ldi.
Tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Kamalov yig'ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Tadbirda davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlanganlar qatorida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar idoralarida xizmat qilayotgan 7 nafar fidoyi xodimlari ham borligi quvonarli.
Shuningdek, Shu kuni Jo'qorg'i Kenges Raisi M.Kamalov Prezidentimizning farmonlariga muvofiq, «Jasorat» medali bilan taqdirlangan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrulь-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo'lim boshlig'i, marhum Yesemurat Kaypnazarovning xonadonida bo'lib, yaqinlarining holidan xabar oldi.
Taqdirlangan xodimlarni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov tabriklab ularning kelgusi faoliyatlarida zafarlar tiladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati