24 Avgust 2021 yil 1267

«Eng yaxshi kitobxon» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash hamda ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish. joylardagi kutubxonalarni ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablarga javob beradigan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan boyitish, shuningdek, xodimlarining intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ular o‘rtasida faol kitobxonlar safini kengaytirish va notiqlik xususiyatlarini yuksaltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 02 avgustdagi 274-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida «Eng yaxshi kitobxon» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ikki bosqichda bo‘lib o‘tgan tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Tanlov bosqichlari bo‘yicha hakamlar tomonidan baholanib borildi va g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov tomonidan diplom va sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech