19 Iyul 2025 yil
2707
Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i " Erkindárya " QFY mahalla yettiligi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi faoliyatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha "Erkindarya" QFY hududida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. O‘tkazilgan uchrashuv davomida mahalla yettiligiga qarorning mazmun-mohiyati keng tarzda tushuntirilib, kelgusida qilinadigan ishlar belgilab berildi. Shundan so‘ng, mahalla yettiligi bilan yo‘l xaritasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha muhokama qilindi.