Farmonning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
oriy yilning 3 aprel kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida majlislar zalida, vazirlikning tashkiliy boshqarmasi yuridik taʼminlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan davlatimiz rahbarining joriy yil 26 martdagi «Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumki, keyingi yillarda mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Tizim faoliyatini takomillashtirish maqsadida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali mexanizmlari hayotga tatbiq etilmoqda.
Mashg‘ulotda, mazkur farmonda belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga eʼtibor qaratildi. Unga ko‘ra, endilikda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar har bir mahalla, oila va shaxs kesimida bevosita joylarning o‘zida hal etiladi. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi. Shuningdek, Toshkent va Samarqand viloyatlarida profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatib borish imkonini beruvchi “Smart mahalla» axborot dasturi ishga tushiriladi. Mazkur axborot dasturini joriy yil yakuniga qadar respublikamizning boshqa hududlarida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Mashg‘ulot davomida, mazkur farmon slaydlarda namoyish etildi.
Shuningdek ushbu farmoning mazmun-mohiyati bo‘yicha mashg‘ulotlar vazirlikning barcha sohaviy xizmatlari, boshqarma va bo‘limlarida bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.