Hamkor tadbiri davomida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 4 may kungi 92-sonli Farmoyishiga asosan, Respublika miqyosida 2021-yil 05-avgust kunidan 05-sentabr kunlari oralig‘ida «Hamkor» tadbiri o‘tkazilishi belgilanib, ushbu farmoyishni ijrosini ta’minlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 13 avgust kuni Respublika bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Mono markaz”ida Nukus shahar IIO Probatsiya hisobidagi shaxslar va mahalliy aholi uchun ularning bandligini ta’minlash yuzasidan Nukus shahar Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, shahar hokimligi, Respublika Hunarmandlar uyushmasi Nukus shahar bo‘limi va boshqada mutasaddi idora va tashkilotlar bilan Hamkorlikda “Ishga marhamat” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Nukus shahar IIO Probatsiya hisobida bilib-bilmay, adashib jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo o‘tayotgan bir nechta shaxslar shu kunning o‘zida ish bilan ta’minlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati