“Har ohangda maʼno bor”
Joriy yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab, “Har ohangda maʼno bor” nomli adabiy-badiiy g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi. Kechada O‘zbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sh.Ayapov, O‘zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyi direktori podpolkovnik U.Qadirov, O‘zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyi direktorining xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik S.Allambergenov, litsey xodimlari va o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodini o‘rganish o‘zbek g‘azalchiligini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidlab o‘tishdi.
Shuningdek tadbir davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan buyuk adibning g‘azallaridan parchalar ijro etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati