2 Avgust 2025 yil 642

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim” “Eng yaxshi ekspert-kriminalist hamda “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi

Joriy yilning avgust oyida, Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha Respublika tanlovlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim” hamda IIVning tegishli buyruq talablari asosida, “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlovlar:

“Eng yaxshi profilaktika inspektori” nominatsiyasi bo‘yicha – IIVning barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xizmat qilayotgan hamda mazkur sohada kamida bir yil amaliy ish tajribasiga ega xodimlar;“Eng yaxshi tergovchi” nominatsiyasi bo‘yicha – Tergov boshqarmasi, uning barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida tergov sohasida xizmat qilayotgan hamda mazkur sohada kamida bir yil amaliy ish tajribasiga ega xodimlar;“Eng yaxshi tezkor xodim” nominatsiyasi bo‘yicha – IIV apparati, uning barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida tezkor-qidiruv faoliyati sohasida xizmat qilayotgan hamda mazkur sohada kamida bir yil amaliy ish tajribasiga ega xodimlar;“Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” nominatsiyasi bo‘yicha – hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i lavozimida xizmat qilayotgan hamda mazkur sohada kamida ikki yil amaliy ish tajribasiga ega xodimlar; Eng yaxshi ekspert-kriminalistnominatsiyasi bo‘yicha – ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo'linmalarida xizmat qilayotgan kamida bir yil amaliy ish tajribasiga ega xodimlar“Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha – viloyat IIBning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yo‘nalishida xizmat olib borayotgan rahbar xodimlar, amaldagi intizomiy jazosi bor-yo‘qligidan qatʼiy nazar, ishtirok etishi mumkin.Tanlovlar quyidagi sinovlar asosida olib o‘tkaziladi:

1) Ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;

- to‘sinda tortilish;     

- 100 metrga yugurish;

2) Ishtirokchilarning jangovar tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;

- “Makarov” pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish;

- AK-74 avtomatini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish

- elektron tirda nishonni zabt etish;

 3) Ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan elektron test sinovlari;

- IQ va individual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;

- ishtirokchilar bilan yakka tartibdagi suhbat;

Ishtirokchilarning sinov natijalari har bir sinov uchun alohida balli tizim asosida tegishli komissiya aʼzolari tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha baholanadi.

Tanlov oshkora tartibda o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari kuzatuvi ostida amalga oshirilishi hamda tegishli tartibda texnik vositalar orqali qayd etib borilishi mumkin, tezkor-qidiruv faoliyati sohasi xodimlari bilan o‘tkaziladigan test va yakka tartibdagi suhbat sinovlari bundan mustasno, mazkur sinovlar yopiq tarzda o‘tkaziladi.

“Eng yaxshi ekspert-kriminalist” tanlovi quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:

1) Ishtirokchilarning jangovar tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;

- “Makarov” pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish;

- AK-74 avtomatini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish

 2) Ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;

- elektron test sinovlari;

- ishtirokchilar bilan yakka tartibdagi suhbat;

Ishtirokchilarning sinov natijalari har bir sinov uchun alohida balli tizim asosida tegishli komissiya aʼzolari tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha baholanadi.

O‘tkazilgan barcha tanlovlarning hududiy saralash va respublika final bosqichi g‘olib hamda sovrindorlariga diplom, pul mukofotlari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar “25 oktyabr – ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida tantanali ravishda topshiriladi.

“Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovi quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:

1) Ishtirokchilarning xizmat faoliyatini baholashga qaratilgan mezonlar

- tarbiyaviy ishlar;

- targ‘ibot-tashviqot ishlari;

- psixologik faoliyat;

- ijtimoiy-huquqiy faoliyat;

- madaniy tadbirlar;

- kutubxonadagi kitoblar fondi va xodimlarning adabiyotlarni mutolaa qilish tahlili hamda tavsiya etilgan 39 ta adabiyotni o‘qiganligi;

- gazeta va jurnallarga obuna bo‘lganlik holati;

- vatanparvarlik burchagi;

- Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi, maʼnaviyat va maʼrifat darsi imtihon natijalari;

2) Ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar

- ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar;

- sohaning meʼyoriy buyruqlari talablari;

- tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar mazmuni;

3) Ishtirokchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar

-to‘sinda tortilish;

-100 metrga yugurish;

-1000 metrga yugurish;

4) ishtirokchilar bilan yakka tartibdagi suhbat.

Tanlovning hududiy bosqichida birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

O‘tkazilgan barcha tanlovlarning hududiy saralash va respublika final bosqichi g‘olib hamda sovrindorlariga diplom, pul mukofotlari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar “25 oktyabr – ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida tantanali ravishda topshiriladi.

Mazkur tanlovlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarini faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz!

 

Text to speech