20 Yanvar 2022 yil 797

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov ko'zi ojizlar maktabi sharoitlarini urgandi

Joriy yilning 18 yanvarida Ichki ishlar vaziri tomonidan o'tkazilgan jamoat xavfsizligi va aholi osoyishtaligini ta'minlashga bag'ishlangan videoselektorda IIO mas'ullariga ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatlarida ta'lim sharoitlarini yaxshilash bo'yicha topshiriq berilgan edi.
Joriy yilning 19 yanvarь kuni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov va Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq ta'limi vaziri R.Reymov bilan birgalikda, Nukus shahri “Yo'lchilar” MFY hududida joylashgan 10-sonli ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tanishish jarayonida, bu yerda o'quvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar xususan, o'quvchilarning yotoqxonasi, sinfxonalar va maxsus o'quv kitoblar bilan ta'minlanganlik holatini o'rganildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech