12 May 2021 yil 866

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi

Joriy yilning 10-12 may kunlari oralig‘ida «9 may Xotira va qadirlash kuni» munosabati bilan, Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyatining birinchiligi uchun  Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari orasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga jami 9 jamoa qatnashib o‘zaro bellashishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, faxriy birinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terma jamoasi, ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi egallagan bo‘lsa uchinchi o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Alohida vaziyfalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi jamoasigi nasib etdi.
G‘oliblarni taqdirlash tadbiriga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.Yusupovlar ishtirok etib, ishtirokchilarni tabriklab, kelgusi xizmat faoliyatlarida zafarlar tiladi.
Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech