Ishchi guruh vakillari tomonidan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2021 yilning 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi Hay’atining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishi 8-son bayoni talablarining ijrosini ta’minlash, shuningdek hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, “jinoyatchilikni jilovlash” borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ilmiy va uslubiy ko‘maklashish hamda tizim uchun kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining tajribali xodimlaridan iborat, Hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda “jinoyatchilikni jilovlash” borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ilmiy va uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Joriy yilning 17 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida ishchi guruh vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unga, ishchi guruh rahbari polkovnik I.Himmatov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahallar va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va yoshlar ittifoqi vakillari 2018-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi bitiruvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Bugungi kunda ichki ishlar organlarini kasbiy bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlar ta’minlash bo‘lajak xodimlari tayyorlash sifatini oshirish borasida zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirilayotganligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, Hududda sodir etilgan jinoyatlarning turlari, ularning sodir etilishi shart-sharoit va sabablarini o‘rganib, har bir mahallar kesimida mahalla faollari bilan hamkorlikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha aniq va maqsadli ishlarni tashkish etish lozimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bitiruvchilarning amaliyotga moslashishida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, akademiyada ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish borasidagi takliflar o‘rganilib chiqildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati