17 Dekabr 2021 yil 696

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanovning navbatdagi yoshlar bilan uchrashuvi va sayyor qabuli Kegayli tumanida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi  3 sektor boshlig‘i ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanovning Kegayli tumanidagi Bolalar va o‘smirlar musiqa maktabida yoshlar bilan uchrashuvi va sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, uning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov va tuman hokimi D.Utemuratov va tuman yoshlari ishtirok etishdi.
Yoshlar bilan uchrashuvda vazir,  A.J.Temirxanov  юртимизда olib borilayotgan islohotlar negizida o‘sib kelayotgan yoshlar taqdiri mujassamligi, shu bois yurt koriga yaraydigan insonlar bo‘lib shakllanish, ustuvor maqsadlar sari dadil borishlari lozimligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, bildirilgan takliflarini amalga oshirish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi hamda ichki ishlar organlari  масъулияти xodimlarining faoliyati haqida aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish va ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech