Jahon chempionati ishtirokchilari kutib olindi.
Joriy yilning 5-7 noyabrь kunlari sportning shotakan karate (WSF) bo'yicha Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazilgan 11-jahon chempionatida O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseydan 4 nafar o'quvchi ishtirok etdi va faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdi.
Xususan, akademik litseyning 3-bosqich o'quvchisi, bir necha bor O'zbekiston chempioni hamda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri stipendiyasi sohibasi Daniyarova Navbahor Marat qizi sportning shotakan karate turining kumite yo'nalishi bo'yicha faxrli 1-o'rinni egallagan bo'lsa, shu sport turi bo'yicha akademik litseyning 3-bosqich o'quvchilari Uralbayev Ilham Raxat o'g'li, Jaksilikova Barno Adiljan qizi hamda 1-bosqich o'quvchisi Sagidullayeva Lola Batirovnalar faxrli 3-o'rinni egalladi.
Shuningdek mazkur chempionatga Qoraqalpog'iston Respublikasi 3-sektor hududi Bo'zatov tumanida istiqomat qiluvchi Bo'zatov tumani bolalar va usmirlar sport maktabining trener o'qituvchisi Jumabiyke Karabayeva 2 bronza hamda shogirti Guljamal Jandullayevalar 1 kumish va 1 bronza medallarini Qalmuxanova Aynura 4ta yo'nalish bo'yicha ishtirok etib, 1 kumush, 2 bronza medallarini ko'lga kiritgan bo'lsa, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Nulsanem Urazbayeva 4 ta yo'nalish bo'yicha ishtirok etib, 1 oltin, 2 bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Joriy yilning 12 noyabrь kuni Nukus temir yo'l vokzalida sportchilarni kutib olish tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o'rinbosari polkovnik I.Axmedov tuman hokimliklari o'quv muassasa rahbarlari va sportchilarning yaqinlari ishtirok etishdi.
Tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, Yosh sportchilarimizga jahon yo'llarini ochib berayotgan, ularning xalqaro musobaqalarda zafar quchishi yo'lida mehnat qilayotgan murabbiylariga minnatdorlik bildirib o'tdi hamda sportchilarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.