13 Mart 2021 yil 990

Jazoni ijro etish muassasalarida xizmat qilayotgan xodimlarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-28-sonli manzil koloniyalari va Nukus shahridagi 2-sonli tergov hibsxonalarida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvga, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Sodiqov O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kadrlar boshqarmasi xodimlari.  va koloniyalar boshliqlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvlarda, mamlakatimizda so‘ngi yillarda barcha sohalar kabi ichki ishlar organlarida ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar haqida to‘xtalib, tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan, xodimlarni  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlandi biroq, tizimda yaratilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash o‘rniga, ayrim xodimlar tomonidan tizim shaʼniga putur yetkazuvchi hatti-harakatlar sodir etilayotganligi xususida to‘xtalib,  kelgusida shaxsiy tarkib o‘rtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan tamagirlik va yo‘l transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, kasb madaniyatiga qatʼiy rioya qilish  lozimligini aytib o‘tildi.
Uchrashuv davomida, xodimlarning oila aʼzolari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan vazirlik rahbariyatiga murojaat etib, batafsil javoblar oldi.
 Shuningdek uchrashuv davomida,  Respublikamiz hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir nechta xodimlarining ota-onalariga, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alar topshirildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech