Jinoyat muhokama qilinib kelgusida amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar belgilab olindi.
Nukus shahri «Guzar» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joriy yilning 17 oktabr kuni sodir bo‘lgan mudhish jinoyat jamoat faollari bilan Muhokama qilindi. Unga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Rajapov, Nukus shahri hokimining o‘rinbosari A.Bekmuratov, va shaharning sektor rahbarlari ва mahalla faollari ishtirok etdi.
Muhokama yig‘ilishida, jinoyatning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, kelgusida bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi. Xususan, har bir sodir etilgan jinoyat jazosiz qolmasligi, uning jamiyat uchun salbiy oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Muhokama davomida polkovnik B.Rajapov aholini hushyorlikka chaqirib, atrofdagilarga nisbatan befarq bo‘lmaslikni, ayniqsa spirtli ichimliklarga ichishga ro‘jo‘ qo‘ygan fuqarolarni aniqlab ular bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish lozimligini hududda sodir etilgan har qanday jinoyatga favqulodda holat sifatida baholanishini lozimligi haqida aytib o‘tdi. Shuningdek, kelgusida hududda jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati