Qo‘l jangi bo‘yicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi kubogi musobaqasida ichki ishlar jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Joriy yilning 18 dekabr kuni Nukus shahar 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning ko‘l jangi turi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Sport musobaqasining ochilish tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Boshlig‘ining o‘rinbosari A.Davletov, va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Unda Jo‘qorg‘i Kengesi Boshlig‘ining o‘rinbosari A.Davletov, so‘zga chiqib, Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.
So‘ng, 9ta vazn toifasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘z-ora bellashishdi.
Musobaqa yakunida umum jamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, ikkichi o‘rinni Milliy gvardiya, uchinchi o‘rinni bo‘lsa, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari egalladi. G‘oliblarni Jo‘qorg‘i Kenges kubogi, medallar, diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.