10 Dekabr 2020 yil 740

BAYRAM TADBIRI KO‘TARINKI RUXDA O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyida «9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» hamda «10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kuni» munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining boshlig‘i K.Tarixov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maʼmuriy sudining boshlig‘i A.Adilov,Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning yetakchi yurist konsulti kapitan A.Ganiyev, Nukus shahar 3-sonli IIB tayanch punkt profilaktika katta inspektori kapitan M.Djoldasov, shuningdek, Vazirlik akademik litseyi o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda mehmonlar tomonidan litsey jamoatini bayram bilan tabriklab, mamlakatimizning sud-huquq sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida yig‘ilish ishtirokchilariga yetkazdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.
Tadbir so‘ngida, tadbir mehmonlari tomonidan litseyning axborot-resurs markazi uchun huquqiy adabiyotlar va jurnallar sovg‘a qilindi, deydi, O‘zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyi direktori podpolkovnik Qadirov Uchkun Egambergenovich.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech