15 Dekabr 2021 yil 498

Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida akademik litseyda taqdimot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV 2021 yil 9 noyabrdagi «Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoyishiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Ekspert kriminalistika bo‘limi xodimlari tomonidan ekspert kriminalistika faoliyatining zamonaviy imkoniyatlari kriminalistik texnik vositalar hamda ashyoviy dalillar taqdimoti o‘tkazildi.
O‘tkazilgan taqdimotda o‘quvchi yoshlarga jinoyat va hodisa joylaridan olingan va jinoyatlarni fosh etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘l-barmoq poyabzal, shina, buzish qurollari izlari, qalbaki pullar, hujjatlar, qo‘lbola o‘qotar qurollar, oq-dorilar portlash qurilmalari, giyohvand o‘simliklar, giyohvandlik moddalari, psixotroplar hamda kuchli ta’sir etuvchi dorilar namoyish qilinib , ularni ashyoviy dalil sifatida olinishi tarixi jinoyatlarni fosh etishdagi o‘rni haqida batafsil tushunchalar berildi. O‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchi yoshlarda alohida ta’sirotlar qoldira oldi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech