29 Noyabr 2021 yil 696

Kegayli tumanida 3 sektor shtabining ochilish tadbiri bo'lib o'tdi

Aholi murojaatlarini tinglash ularga yechim topish xalq manfaatlariga xizmat qilishda tumanlarda tashkil etilgan sektorlarning alohida o'rni bor.Har bir fuqaro uy joyiga yaqin bo'lgan sektor shtablariga o'z muammolari bilan ishim hal bo'larmikan degan umidda keladi. Kegayli tumanining «Jalpaq jap» qishloq fuqarolar yig'inida  yangidan ta'mirdan chiqarilgan  3 sektor shtabi yangi binosining ochilishi ham aholiga navbatdagi qulaylik desak mubolag'a bo'lmaydi.
Joriy yilning 29 noyabr kuni binoning ochilish tadbiri bo'lib o'tdi. Unga,  Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov,  Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash vaziri S.Turmanov, Kegayli tumani hokimi  D.Utemuratov, va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning asl maqsadi mamlakatni ertangi kundagi rivojlanishining muhim bosqichi, avvalo, mahalla institutining faoliyatini yanada takomillashtirish va nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilganligini. Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, yurtimiz tinchligi hamda osoyishtaligini ta'minlash, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish masalalari doimiy e'tiborida ekanligini ta'kidlab o'tishdi.
So'ng yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Yangi binoda nafaqat xodimlar, balki bu yerga keladigan har bitta fuqaro uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo'lib binoda profilaktika inspektori xonasi sektor kotibi va shtab a'zolari, tibbiyot, ona va bola xonalari mavjud. Barcha xonalar zamonaviy mebelь jihozlari bilan ta'minlangan. 
Albatta yangi binoning ochilishi eng avvalo hududda «Temir daftar», «Ayollar» va «Yoshlar» daftarlarida turuvchi fuqarolarning muammolarini sektor kesimida  o'rganib chiqib  ularni hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech