16 Noyabr 2021 yil 481

Yashil makon loyihasi  Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Kegayli tumanida ko'chatlar ekish ishlari olib borildi

Yashil makon loyihasi, Bugun tabiat musaffoligiga befarq  bo'lmagan yurtdoshlarimizni ezgu maqsad sari birlashtirmoqda. Shuningdek, atrof muhit muhofazasini yanada mustahkamlash yashil maydonlarni ko'paytirish va ularni saqlash  mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini o'tqazish chora-tadbirlari yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Hozirda, yurtimiz bo'ylab amalga oshirilayotgan yashil makon umummilliy loyihasi hammani birlashtirdi. Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV jamoat xavfsizligi xizmati tarkibidagi xizmatlar hamda Kegayli tumani IIB xodimlari uchun tuman hokimligi tomonidan tuman hududidan 2,2 gektar yer maydoni ajratildi. Mazkur maydonda bog' yaratish bo'yicha ishlar boshlab yuborildi.
Xususan,  vazirlikning sohaviy xizmatlari xodimlari  va ularning oila a'zolari bilan maydonga 1 100 to'p o'rik ko'chatlari ekildi .
Darhaqiqat, hozirda iqlim o'zgarishi barchani birdek tashvishga solmoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar ona tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech