1 Dekabr 2024 yil 3150

Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish faoliyati ilmiy jihatdan o‘rganildi.

Kriminologiya tadqiqot instituti rahbariyati tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, respublikada kriminogen vaziyatga oid istiqbolli tadqiqotlarni bajarish, jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qilish bo‘yicha bevosita joylarga chiqqan holda o‘rganishlar amalga oshirildi.

Ilmiy xizmat safari davomida Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i, polkovnik B.E.Berdialiyev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, polkovnik B.I.Torebekovlar birgalikda Qoraqalpog‘istonda xizmat olib borayotgan xodimlar bilan yig‘ilish o‘tkazishib, unda jinoyatchilikni oldini olish jarayonidagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda shaxsiy tarkibning ish samaradorligini optimallashtirish borasida Kriminologiya instituti tomonidan chuqur tadqiqotlar amalga oshirilayotganligi, muntazam ravishda jinoyatchilik omillari bevosita joylarga chiqqan holda kompleks tahlil qilinishi, kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan barcha sabab va shart-sharoitlar tizimli ravishda bartaraf etilishi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, Kriminologiya instituti tomonidan rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchiligini bevosita o‘rganish orqali jinoyatchilik salbiy tendensiyalarini bartaraf etishga doir “Qoraqalpog‘iston tajribasi”ni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot jarayonlari boshlanganligi maʼlum qilindi.

 

Text to speech