Kursantlar tajribali xodimlarga biriktirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3216-son qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2019 yil 30 sentabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 312-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 21 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 1 kursda tahsil olayotgan 35 nafar va 2-o‘quv kursida tahsil olayotgan 41 nafar kursantlarni ustozlarga biriktirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov, sohaviy xizmatlardan biriktirilgan murabbiylar hamda amaliyotga kelgan kursantlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Unda kursantlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan hududiy yashash manzillariga bo‘yicha ichki ishlar organlarining tajribali xodimlariga shogird sifatida biriktirildi. Amaliyotni o‘tash davrida, kursantlarning egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash, o‘rnatilgan kun tartibi va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish hamda malakaviy amaliyotni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi. Yig‘ilish yakunida ota-onalar va kursantlar tomonidan berilgan savollarga vazirlik rahbariyati tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati