2 Mart 2021 yil 834

LITSEY FAOLIYATI BILAN TANISHISH BO‘YICHA AMALIY TASHRIF

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 6 fevral kunidagi48-sonli«Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida huquqshunoslik fan olimpiadasi va Jaloliddin Manguberdi avlodlari spartakiada musobaqasini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida,joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Kadrlar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik U.K. Nurullayev Vazirlikning Qoraqalpoq akademik litseyiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida litseyning o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi,sport zal, yotoqxona, shuningdek, Vazirlik Malaka oshirish institutining hududiy filialida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Tashrif so‘ngida litseyning pedagog xodimlari va o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda,2019-2020 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtaldi. Shuningdek, kelgusida litseyning o‘quv, maʼnaviy-maʼrifiy va xo‘jalik ishlarini yana-da takomillashtirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech