12 May 2021 yil 876

MASOFAVIY O‘QUV KURSI BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot va nazorat organlari tomonidan joriy yilning 10 aprel kuni tasdiqlangan qo‘shma qarorga muvofiq, ichki ishlar organlari tizimidagi profilaktika inspektorlari “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellari asosida ikki bosqichda bazaviy kasbiy hamda chuqurlashtirilgan masofaviy o‘quv kursida tahsil olishi belgilangan.
O‘quv kursining maqsadi – profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati bo‘yicha huquqiy va kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularning psixologik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishdan iborat.O‘quv kursida masofaviy mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, Favqulotda vaziyatlar vazirligi hamda Sudyalar oliy kengashi tarkibidagi oliy taʼlim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.O‘quv kursida profilaktika inspektorlariga Vazirlik Malaka oshirish institutining masofaviy taʼlim platformasida dastlab kirish testini topshirish, mavzularni kunning istalgan paytida “online” yoki “offline” rejimida to‘liq o‘zlashtirish hamda mavzularga doir testlarni, shuningdek, o‘quv kursi so‘ngida yakuniy testni yuqori ko‘rsatkichlar bilan topshirish vazifalari yuklatilgan. Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik O.Turdibayev, Vazirlik Malaka oshirish instituti hududiy filiali rahbari yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori podpolkovnik S.Allambergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Bekimbetov hamda profilaktika inspektorlari tomonidan o‘quv kursida yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida ijrosini taʼminlash bo‘yicha biriktirilgan sohaviy xizmat rahbarlari ishtirokida o‘quv kursi oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech